Nurafshonliklar uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy-ko'rik o'tkazildi
Yurtimizda aholi salomatligini saqlash, sog'lom hayot kechirishini ta'minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ana shunday ezgu maqsadlarni ko'zlagan holda bugun Nurobod tumanining Nurafshon mahallasida aholi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy-ko'rik tashkil etildi.
Ko'rik davomida mahalla fuqarolari tuman tibbiyot birlashmasi malakali shifokorlarining tekshiruvidan o'tkazilib, xastalik alomatlari aniqlangan fuqarolarning davolanishlari uchun kerakli tavsiya va yo'llanmalar berildi.