insurez
24-01-2025 14:08

Nurafshonda sayyor qabul o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani Nurafshon mahallasida Xalq qabulxonasi, tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i, 4-sektor rahbari M. Erkinov, tuman hokimining oʻrinbosari S.Xujamiyorovlar ishtirokida hudud aholisi uchun sayyor qabul o'tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolardan yer va mol-mulk solig'i, soliqdagi imtiyozlar, subsidiyalar ajtarish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichki yo'llar ta'miri, kadastr va tibbiyot  kabi masalalar yuzasidan 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Rahbarlar barcha murojaatlarni atroflicha tinglab, ularning ijobiy hal etilishi va qonuniy yechimi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berdi.

Hududlarda aholi muammolarini tinglash, og'irini yengil qilishga qaratilgan bu kabi sayyor qabullar, rahbarlar va fuqarolar uchrashuvlari tumanimiz bo'ylab davom etmoqda...
 

Teglar
- -