Navro'z mahallasida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi
Bugun Nuroniylar jamg'armasi Nurobod tuman bo'limi tashabbusi bilan tumanning Navro'z mahallasida "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi.
Unda Nuroniylar jamg'armasi Nurobod tuman bo'limi raisi D.Xushvaqtov, "Adolat" SDP tuman kengashi raisi O.Tojiyev, "Navro'z" MFY "Keksalar maslahati" guruhi rahbari M.Qoraqulov, 1-umumta'lim maktabi o'qituvchilari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida uch avlod vakillari ishtirokida samimiy muloqot o'tkazilib, boy hayotiy tajribaga ega keksa avlod vakillari tomonidan yoshlarga kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.
Yoshlarimizni Vatanga muhabbat, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, hayotda o'zlarining munosib o'rinlarini topishlariga ko'maklashish maqsadida o'tkazilayotgan ushbu tadbirlar yosh avlod tarbiyasida muhim o'rin tutishi, shubhasiz.