Navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani hokimligi apparati xodimlari uchun har juma kuni an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati”ning navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda mamlakatimizda hamda jahon miqyosida ro‘y berayotgan eng muhim siyosiy-ijtimoiy voqealar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar ishtirokchilarga taqdim etildi.
Shuningdek, tuman hokimligi va tuman tashkilotlarida ijro intizomi, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, hujjatlar bilan ishlash tartibi, elektron hujjat aylanish tizimlaridan foydalanish holati ko‘rib chiqilib, tegishli chor-tadbirlar belgilandi.