insurez
15-09-2025 11:45

Navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumanida tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari hamda fuqarolar ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. 

Qabul davomida kadastr, qurilish, ijtimoiy yordam olish, tibbiy xizmatlardan foydalanish, ichimlik suvi, kredit olish, ishga joylashish hamda boshqa masalalarda fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 

Har bir murojaat mas’ullar tomonidan o‘rganib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo'yicha mas'ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.

Mazkur qabullar muntazam ravishda tashkil etilib, aholining muammolarini tizimli hal qilishga xizmat qilmoqda.

Teglar
- -