Munosabat
Joriy yilning iyun oyida Nurobod tumani Tegirmonboshi mahallasi hududidagi ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash ishlari tuman Obodonlashtirish boshqarmasi va hududdagi fuqarolar tashabbusi asosida hashar yo‘li bilan shag‘allashtirish ishlari boshlangan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli maxsus texnikalar boshqa hududlarda ish faoliyatini olib borganligi sababli, Tegirmonboshi mahallasida boshlangan hashar ishlari ma’lum muddatga to‘xtab qoldi.
Mazkur texnikalar bugun, 8-iyuldan boshlab qayta jalb etilib, Tegirmonboshi mahallasida ichki yo‘llarini shag‘allashtirish va ta’mirlash ishlari davom ettirilayotganini ma’lum qilamiz.
Hudud fuqarolaridan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va ta'mirlash ishlari tezroq yakunlanishi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.
Nurobod tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi