Milliy liboslarimiz targ'ibotida barcha birdek faol!
Nurobod tumanida "Dunyoga tanitgan – milliy libosim!" shiori ostida MFY lar, kab-hunar va umumta'lim maktablari, tumandagi tashkilot va idoralarda turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.
Tadbirlarda mahalla mas'ullari, xotin-qizlar faollari, tashkilot va idoralar xodimlari, maktab o'qituvchi va o'quvchilari faol ishtirok etishmoqda.
Yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy liboslarimizga bo'lgan mehr va qiziqishlarini oshirishga qaratilgan bu kabi ezgulik tadbirlari tumanimiz bo'ylab davom etmoqda.