Milliy liboslarimiz — milliy iftixorimiz!
Nurobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 11-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi milliy liboslar chellenjida faol qatnashib, milliy qadriyatlarimiz va boy an’analarimizni keng targ‘ib etishda munosib hissa qo‘shmoqda.
Ular o‘z chiqishlari orqali nafaqat milliy liboslarimizning go‘zalligini, balki unda mujassam bo‘lgan tarix, ma’naviyat va san’atni ham yosh avlod ongiga singdirmoqda. Shu orqali xalqimizning boy merosi asrab-avaylanib, kelajak avlodlarga yetkazilmoqda.