insurez
28-01-2025 18:47

Milliy libos – millat qiyofasi


Nima uchun milliy liboslarimizga hech qachon mehr so‘nmaydi, nima uchun xorijliklar hayrat bilan milliy matolarimizga intiladi?

Chunki ularda xalqimizning ming asrlik oʻtmishi, qadimiy urf-odat va anʼanalari, didi, oʻzbek qizlarining hayo va ibosi mujassam. 

Nurobod tumanida ham Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurobod tuman bo'linmasi, tuman Nuroniylar uyushmasi, mahalla faollari bilan hamkorlikda aholi va yoshlar o'rtasida milliyligimizni targ'ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.

Bugun tumanning Amir Temur mahallasida joylashgan 2-umumta'lim maktabida "Dunyoga tanitgan-milliy libosim" mavzusida o'tkazilgan tadbirdan ko'zlangan maqsad ham aynan milliy liboslarimizga bo'lgan mehr va hurmat hissini oshirishga qaratilgan.
 

Teglar
- -