insurez
03-10-2025 11:19

Millat fidoyilari xotirasi Nurobodda yod etildi


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Vatan himoyasi yo‘lida jon fido qilgan 23 nafar askar va zobitlar haqida tayyorlangan “Millat fidoyilari” nomli kitob-albomning taqdimoti Nurobod tumanida ham bo‘lib o‘tdi.

Mazkur albomda yuraklarni larzaga soluvchi qahramonlik lavhalari jamlangan bo‘lib, ular orasida Nurobod farzandi – katta leytenant Xodjayev Ismatillo Nurullayevichning ham yorqin xotirasi o‘rin olgan. 

U 2000-yilda Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo‘lib o‘tgan janglarda mardlarcha halok bo‘lib, Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan edi.

Bunday fidoyi yigitlarning nomi va jasorati, ularning Vatan oldidagi buyuk sadoqati hech qachon unutilmaydi.

Teglar
- -