insurez
20-10-2025 15:41

Maktabgacha ta’limdagi sanitariya va oziq-ovqat sifati — prokuror nazoratida


Nurobod tuman prokurori J.Abdixakimov tomonidan tumandagi 4 va 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena holati, brakeraj komissiyasi faoliyati hamda tarbiyalanuvchilarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bolalar salomatligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan shart-sharoitlar, oshxona va ovqat tayyorlash jarayonining sanitariya talablari, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish muddati hamda sifatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish me’yorlari, menyu tarkibi, taomlarning issiqlikda tayyorlanish darajasi, gigiyenik vositalarning yetarli miqdorda mavjudligi va ularning amalda qo‘llanilishi ham ko‘zdan kechirildi.

Bunday o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy jarayon bilan bir qatorda sog‘lom avlodni voyaga yetkazish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Teglar
- -