Mahallani qo'llab-quvvatlash bo'yicha tuman Kengashining yil yakuniga bag'ishlangan yig'ilishi o'tkazildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida mahallani qo'llab-quvvatlash bo'yicha tuman Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda "Mahalla yettiligi" va unga mas'ul hududiy bo'lim va tashkilotlar tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob etildi.
Kun tartibiga qo'yilgan masalalar yuzasidan yettilik mas'ullarining tegishli hisobotlari tinglanib, mavzu yuzasidan yo'llangan savollarga batafsil javoblar berildi.
Kengash yakunida 2025-yilda mahallani qo'llab-quvvatlash bo'yicha tuman Kengashi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar rejasi va ustuvor vazifalar belgilab olindi.