insurez
06-05-2025 19:26

Mahallalardagi obodonlashtirish-ko'kalamzorlashtirish, tozalik va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov, tuman prokurori J.Abdihakimovlar tomonidan tuman markazida joylashgan Amir Temur va Sharq yulduzi mahallalaridagi ko‘p qavatli aholi turarjoylari atrofi, markaziy ko‘chalardagi ko‘kalamzorlashtirish, tozalik, obodonlashtirish ishlari va noqonuniy qurilishlar o‘rganildi.

O'rganishlar davomida tuman hokimi mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari, velo va piyodalar yo'lagi, "Workout" sport maydonchalari holatini ko‘zdan kechirib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo'yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Ko'pqavatli uy-joylar va ko‘chalar atrofida tozalikni saqlash, ko'kalamzorlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish, kommunal infratuzilmani yaxshilash, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, tadbirkorlik subyektlari qurilishida shaharsozlik qoidalariga rioya etilishini ta'minlash borasida qator vazifalar belgilandi.

Shuningdek, hudud aholisining murojaat va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -