Mahalla yettiligi – xalq va davlat o‘rtasidagi ishonch ko‘prigi
Nurobod tumanining barcha 39 ta mahallalarida “Mahalla yettiligining aholiga murojaati” bo'lib o'tdi. Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda keng jamoatchilik ishtirok etishdi.
Mazkur murojaatnomalar mahalla raisi boshchiligidagi mahalla yettiligi a’zolari — hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, soliq xodimi o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda mavjud kamchiliklar haqida aholiga batafsil ma’lumot berishdi.
Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, mahalla hayotini yanada yaxshilash, fuqarolar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tadbir davomida kelgusida mahalla taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ustuvor vazifalar va istiqboldagi rejalar belgilab olindi.




