Mahalla obodligi — yurt farovonligi
Yurtimizda mahallalar obodligi va fuqarolar turmush tarzi farovonligini ta'minlash borasida qator istiqbolli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, Nurobod tumani mahallalarida ham ulkan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunlarda Nurobod tumani IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari A.Otamurodov tashabbusi bilan sektor hududida joylashgan Yuksalish mahallasidagi ichki ta'mirtalab, tuproq yo‘llar tosh-shag‘al qoplamali yo‘llarga aylantirilmoqda.
Xalq roziligi va aholi farovonligini ta'minlash, ularga qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.