insurez
20-10-2025 18:34

Mahalla obodligi — xalq farovonligi garovi


Nurobod tumani hokimi M.Buranov tumanning Ulus va Xalqobod mahallari aholisi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda tuman hokimining oʻrinbosarlari, tumandagi tashkilotlar rahbarlari, mahalla oqsoqollari hamda faol fuqarolar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida mahallalar tashqi qiyofasini zamonaviy ko‘rinishga keltirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, ko‘chalar, xiyobonlardagi ozodalik, ariqlar tozaligi, xonadonlar fasadlarini yangilash, tomorqadan unumli foydalanish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.

Fuqarolarning taklif va tashabbuslari inobatga olinib, “Obod va fayzli mahalla” tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarish, aholining farovonligini oshirish hamda mahallalarni yanada chiroyli va zamonaviy maskanga aylantirish yo‘lida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -