insurez
10-12-2025 13:02

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi


Nurobod tumani prokurori J.Abdixakimov tomonidan tumandagi qurilish va ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

“Issiqlik manbai” MChJ Nurobod bo'limidagi issiqlik tizimlari, elektr tarmoqlari, yong‘in va texnika xavfsizligi vositalarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mavjud jihozlarning ishga tayyorligi, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda energetik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar o‘rganildi.

Shuningdek, tuman prokurori tuman tibbiyot birlashmasida ham bo'lib. u yerda davolanuvchilar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, isitish tizimi, elektr energiyasi va yoqilg'i tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Yakunda aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiyalar va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Tuman prokraturasi tomonidan ushbu yo‘nalishda muntazam monitoring ishlari olib borilishi belgilandi.

Teglar
- -