Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov rahbarligida korrupsiya holatlarining oldini olishga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimligi xodimlari, tumandagi barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari, maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasalari direktorları, sog‘liqni saqlash sohasidagi mas’ullar ishtirok etishdi.
Tuman hokimi M.Buranov korrupsiya jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi og‘ir illat ekanini ta’kidladi.
Har bir rahbar va xodim bunday jinoyatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymasligi lozimligi uqtirildi.
Tuman rahbari mas’ul rahbarlarga korrupsiyaga qarshi kurashish, jamoalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va aholining huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan topshiriq va vazifalar berdi.