Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi
Bugungi kunda korrupsiyaning quyidagi sabablarini uchratishimiz mumkin, xususan:
- iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishini sekinlashtiradigan byurokratik to‘siqlarning mavjudligi;
- davlat idoralarida shaffoflikning to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi;
- kadrlar siyosatining zaifligi;
- takrorlanadigan lavozimlarning mavjudligi;
- davlat idoralaridagi nepotizmning rivojlanishi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6098-son Farmoniga asosan mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirish normalari tatbiq etilishi hamda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilishi, unga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi belgilandi.
Prezentimizning “Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi” degan iboralaridan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun korrupsiyani qo‘llab-quvvatlovchi ayrim davlat organlarini qisqartirish yoki hususiy sektorga o‘tkazish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish, barcha davlat organlarida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, davlat tashkilotlarning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini kuchaytirish, jamiyatda korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish, davlat organlari faoliyatining shaffofligini to‘liq taʼminlash, aholining huquqiy madaniyati darajasini oshirish, ommaviy axborot vositalarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirib, ularning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish zarur.
Sh.Xasanov,
JInoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining raisi




