KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI
KORRUPSIYA huquqiy atamasi bu (lotin. corruptio – aynish, poraga sotilish) — siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy xavfli hodisa, davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan (yoki ularga tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi. Hozirgi davrda korrupsiya muammosiga amalda jahondagi istalgan mamlakatda duch kelish mumkin. Biroq bu – korrupsiya hamma joyda bir xil degani emas. Korrupsiyaning yuzaga kelish sabablari hamma joyda turlicha bo‘lib, tarixiy davr hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy muammo hisoblanadi. Korrupsiya mavjud bo‘lgan jamiyatda adolat tamoyillari buziladi, qonun ustuvorligi zaiflashadi va fuqarolarning davlat institutlariga bo‘lgan ishonchi pasayadi.
Korrupsiyaning salbiy oqibatlari turli sohalarda namoyon bo‘ladi. Xususan, ta’lim sohasida u bilim sifatining pasayishiga, tibbiyotda esa xizmatlar adolatsiz taqsimlanishiga olib keladi. Iqtisodiyotda korrupsiya sog‘lom raqobatga to‘sqinlik qilib, investisiya muhitini yomonlashtiradi va davlat mablag‘larining samarasiz sarflanishiga sabab bo‘ladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleks yondashuvni talab qiladi. Bu borada samarali qonunlar qabul qilish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, shaxsning yoshligidan uning ongida, ya’ni maktabgacha va maktab ta’limi muassasalaridan halollik, adolat va mas’uliyat kabi qadriyatlarni shakllantirish korrupsiyaning oldini olishda asosiy omil hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, korrupsiyaga qarshi kurash huquqni muhofaza qiluvchi organlar, korxona, tashkilot va muassasalar shu jumladan har bir fuqaroning burchidir. Faqat jamiyat a’zolarining hamjihat harakati tufayli adolatli va sog‘lom jamiyatni barpo etish mumkin.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Nurobod tuman sudi raisi
S.U.Kuliyev




