insurez
05-12-2025 15:17

“Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Nurobod tumanidagi 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda tarbiyalanuvchilar, ularning ota-onalari, pedagoglar va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan fuqarolik huquqlari va burchlari haqida ma’lumotlar berildi.
Tarbiyalanuvchilar Vatan va qonunlarni ulug‘lovchi she’rlar, qo‘shiqlar ijro etib, sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.

Ushbu tadbir yosh avlodda huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladigan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.

Teglar
- -