insurez
27-06-2025 15:02

Kambag‘al oilalar bilan ishlash holati muhokama qilindi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi M.Buranov rahbarligida tumandagi kambag‘al oilalarga biriktirilgan mas’ul rahbarlar ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda har bir mahalla kesimida ijtimoiy himoyaga muhtoj, daromadi yetarli bo‘lmagan oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularning bandligini ta’minlash, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Tuman hokimi har bir rahbar zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat haqida alohida to‘xtalib, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tizimli va amaliy ishlarni jadallashtirish, ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan yondashuvni kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.

Muhokama jarayonida mavjud muammolar, ularni hal etish mexanizmlari, jumladan, kasbga yo‘naltirish, kredit ajratish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Teglar
- -