insurez
04-02-2025 16:48

Jinoyatchilik muhokamasi o'tkazildi


Bugun Nurobod tumani Nurbuloq mahallasida tuman IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari A.Otamurodov, tuman hokimi o'rinbosari S.Xujamiyarovlar ishtirokida hudud fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatchilik holatlari muhokama etildi.
 

Muhokama davomida jinoyatlarning sodir etilish sabablari va uning oqibatlari batafsil tahlil etildi hamda kelgusida bunday salbiy holatlar qayta sodir etilishining oldini yuzasidan mas'ullarga ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
 

Sektor rahbari tomonidan qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmasligi alohida ta'kidlanib, yoshlarning huquqiy ongini oshirish, bandligi ta'minlash orqali vaqtlarini mazmunli o'tkazish, jinoyat yo'liga kirib qolishlarining oldini olish va hayotda o'zlarining munosib o'rinlarini topishlariga ko'maklashish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -