“Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” shiori ostida “Mutaassiblik va radikalizmning salbiy oqibatlari” mavzulari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi M.Buranov, DXX tuman bo'linmasi rahbari E.Oripov hamda tumandagi “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida diniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, yoshlar ongini yot va buzg‘unchi g‘oyalardan asrash, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish va bag‘rikenglik masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Imom Al-Buxoriy hadisshunostlik maktabi o‘qituvchisi Otabek Baxriyev ishtirok etib, o'z ma’ruzasida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” shiori ostida “Mutaassiblik va radikalizmning salbiy oqibatlari” mavzulari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqodiga hurmat, ularni himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Diniy-ma’rifiy suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va bu boradagi bilimlarini yanada boyitdilar.