insurez
17-01-2026 09:34

Issiq xonadon — farovon hayot asosi: tun yarmida tuman hokimi isitish tizimlari faoliyatini ko'zdan kechirdi


Ayni paytda Nurobod tumani hokimi M.Buranov “Issiqlik manbai” MChJning Nurobod bo‘limida bo‘lib, aholini barqaror va sifatli issiqlik bilan ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar hamda mavjud isitish tizimlarining holatini ko‘zdan kechirdi.

O'rganishlar davomida qish mavsumida aholiga munosib darajada issiqlik yetkazib berish, turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uylarda zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tuman rahbari aholining qulay va munosib sharoitlarda yashashi, xonadonlar issiq bo‘lishi, sovuq mavsumda hech bir fuqaro issiqlik ta’minotidan uzilib qolmasligi lozimligini qat’iy ta’kidladi.

Qozonxonalar, issiqlik uzatish tarmoqlari, texnik uskunalarning ish faoliyati, ularning samaradorligi hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi o‘rganildi. Mas’ul mutaxassislar tomonidan issiqlik yetkazib berish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, avariya holatlariga tezkor choralar ko‘rish, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati bo‘yicha axborot berildi.

Shuningdek, qish mavsumini betalafot o‘tkazish, isitish tizimlarini uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholi roziligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. 

Tuman rahbari tomonidan aholining issiq, qulay va xavfsiz sharoitlarda yashashini ta’minlash ustuvor vazifa ekani qayd etib, mas’ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Teglar
- -