insurez
12-05-2025 17:52

Internetda xavfsizlik kuchayadi: yangi qonun haqida nimalarni bilish kerak?


So‘nggi yillarda internetda zararli kontent: yolg‘on axborotlar, giyohvand moddalar va pornografiya reklamasi keskin oshdi. Masalan, 2024 yilda narkotik moddalarga oid kontent 112 barobarga, pornografik materiallar 5 barobarga ko‘paygan. Internet kattalashgani sari, uning xavflari ham ortib boryapti.
 

Shuni inobatga olib, yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Uning asosiy maqsadi — foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish va internetni xavfsizroq qilish. Qonun platformalardan zararli kontentni 24 soat ichida o‘chirishni, anonim kanallarni tartibga solishni va yolg‘on axborot tarqatishga qarshi chora ko‘rishni talab qiladi.
 

Oddiy foydalanuvchi uchun bu nima degani? Internetda shaxsiy ma’lumotlaringiz yaxshiroq himoyalanadi. Yoshlar va bolalar zararli saytlardan saqlanadi. Agar kimdir siz haqingizda yolg‘on yoki haqoratli xabar tarqatsa, uning ustidan qonunan murojaat qilish imkoni paydo bo‘ladi.
 

Tinch va xavfsiz internet muhiti barchamiz uchun kerak. Yangi qonun aynan shu maqsadda ishlab chiqilgan.

Teglar
- -