"InnoX" inkubatsiya dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nurobodlik yoshlarga sertifikatlar topshirildi
#Inno_X
"InnoX" inkubatsiya dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nurobodlik yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli qarorida innovatsion tumanlarda yoshlarni innovatsion faoliyatga jalb qilish maqsadida "Inno X" inkubatsiya dasturi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila a'zolarini o'qitish, muvafaqqiyatli yakunlaganlar uchun maxsus sertifikatlar topshirish hamda ularning startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash belgilangan.
Shu maqsadda, bugun Nurobod tumani 1-son politexnikumida "Inno X" inkubatsiya dasturida o'qitilgan nurobodlik 20 nafar fuqarolar uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.
Maxsus sertifikat bilan taqdirlangan yoshlar Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilinadigan tanlovlarda ishtirok etishadi hamda istiqbolli deb topilgan loyihalar moliyalashtiriladi.




