Ichki ishlar vaziri o'rinbosari Nurobod tumani mahallalarida o'rganish ishlari olib bordi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan Nurobod tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.
Bugun Ichki ishlar vaziri o'rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev tuman 3-sektor hududidagi Qilichli va Nurbuloq mahallalarida bo'lib, ushbu mahallalar yettiliklari a'zolari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ichki ishlar vaziri o'rinbosari tomonidan mahallalarda jamoat tartibini saqlash, xafsizlikni ta'minlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar rejalari, hududda sodir etilgan jinoyatchiliklarning sabab va oqibatlari, bunday holatlar takrorlanishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi.
Aholi bandligini, jumladan, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash, hududdagi bo'sh turgan inshootlarda to'quvchilik sohasida tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ymoqchi bo'lgan fuqarolarga amaliy yordamlar berish va ularga viloyat tadbirkorlaridan tegishli mas'ullar biriktirish, zarur asbob-uskunalar bilan ta'minlash, bir so'z bilan aytganda, aholi farovonligini oshirish yo'lida kerakli chora-tadbirlar belgilandi.