insurez
09-12-2025 17:28

Homiylar ko‘magida o‘tkazilgan sunnat to‘yi bolajonlarga quvonch ulashdi


Nurobod tumanida milliy an’analarimizni ulug‘lash, mehr-oqibat va saxovat fazilatlarini targ‘ib etish maqsadida navbatdagi xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Bugun tumanda joylashgan “Yuksalish” bazmgohida tuman hokimligi, homiylar tashabbusi bilan Nurbuloq hamda Po'latchi mahallalarida istiqomat qiluvchi 11 nafar bolajonlarning sunnat to‘ylari o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari A.Ziyatov ishtirok etib, bunday ezgu tashabbuslarning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Milliy urf-odatlarimizga tayanilgan, ezgulikka yo‘g‘rilgan bu kabi xayrli ishlarda bolalar qalbida mehr-oqibat, saxovat, insoniylik kabi fazilatlarni shakllantirish, shuningdek, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonch va umidini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Mazkur sunnat to‘yi xalqimizga xos saxovatpeshalikning yorqin namunasi bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining quvonchiga quvonch qo‘shdi.

Teglar
- -