insurez
24-01-2025 17:35

Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o'tkazildi


Yosh avlodni vatanparvarlik va jasorat ruhida tarbiyalash, ularda el-yurtga sadoqat, Vatanga muhabbat tuyg'ularini qaror toptirish hamda jismonan va ma'nan barkamol etib ulg'aytirish bugungi kundagi eng muhim vazifalardan biri sanaladi.

Ayni shu maqsadlarda bugun Nurobod tumanining bir qator umumta'lim maktablarida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari bo'lib o'tdi.

Tadbir doirasida yoshlar o'rtasida turli sport musobaqalari, harbiycha ko'rgazmali chiqishlar namoyishi o'tkazilib, yig'ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, yoshlarga milliy armiyamiz, yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan harbiy akademiyalar, Milliy gvardiya kuch tuzilmasi faoliyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Teglar
- -