insurez
25-01-2025 17:47

Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o'tkazildi


Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalash eng ustuvor vazifalardan biriga aylangan.

Bugun ayni shu ezgu maqsadlarni ko'zlagan holda Nurobod tumanining Girdiqo'rg'on mahallasida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o'tkazildi.

Tadbirlar doirasida hududda joylashgan 22-umumta'lim maktabi yuqori sinf o'quvchilari bilan davra suhbati o'tkazilib, unda yoshlarga milliy armiyamiz, yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan harbiy akademiyalar, Milliy gvardiya kuch tuzilmasi faoliyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, muloqotdan so'ng vatanparvarlik va jasorat ruhidagi film namoyish etilishi yoshlarda vatanga muhabbat tuyg'usi va harbiy sohaga bo'lgan qiziqishlari ortishiga sabab bo'ldi.
 

Teglar
- -