insurez
28-04-2025 15:42

#Hamkorlik_memorandumi


Ilmiy-innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion jozibadorlikni oshirish to‘g‘risida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Nurobod innovatsion tumani, Samarqand Yoshlar texnoparki hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti o‘rtasida universitet professor o‘qituvchilarining tijoratlashtirishga tayyor ilmiy ishlanmalari, ilmiy-amaliy  hamda startap loyihalarini innovatsion tumanga joriy qilish hamda tuman yoshlarining innovatsion g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar ishtirokida innovatsiyalarni joriy qilish, ularning ilmiy, amaliy, innovatsion hamda startap loyihalarini amalga oshirish boʻyicha oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Innovatsion tumanning ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga yechim bo‘ladigan tayyor ilmiy ishlanmalar, ilmiy-amaliy, innovatsion hamda startap loyihalarini keng joriy qilish masalalari yuzasidan tomonlar o‘zaro kelishuvga erishdi.

Teglar
- -