G‘ayratli keksalar — sog‘lom hayot targ‘ibotchilari
Bugun yurtimizda aholining barcha qatlamlari, xususan, keksalar salomatligi va faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, bugun "Nuroniy" jamg'armasi Nurobod tuman bo'linmasi tashabbusi bilan "G'ayratli keksalar" shiori ostida, mahallalardan tashrif buyurgan faxriylar ishtirokida mini futbol bo'yicha sport musobaqasining tuman bosqich bahslari tashkil etildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o'zaro hurmat, jamoaviylik, sog'lom raqobat kabi ijobiy qadriyatlarni amalda namoyon etishmoqda.
Ushbu musobaqa yakunda g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoa viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishi bilan ham yanada ahamiyatlidir.
Bu kabi tashabbus va xayrli tadbirlar orqali avlodlar o‘rtasida bog‘liqlik mustahkamlanib, sog‘lom va barqaror jamiyat sari dadil qadamlar qo‘yilishi, shubhasiz.