Fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi
Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida haftaning har dushanba kunlari tashkil etib kelinayotgan navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi.
Unda Respublika ishchi guruhi, tuman hokimi M.Buranov, tuman prokurori J.Abdihakimov, Xalq qabulxonasi, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda hudud fuqarolari ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasi, kadastr, ichki yo'llar ta'miri, bandlikni ta'minlash, aliment, tibbiyot, turli moddiy va huquqiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan 60 ga yaqin murojaatlar yo'llandi.
Bir qator murojaatlar shu yerning o'zida ijobiy yechim topgan bo'lsa, ma'lum muddat va batafsil o'rganish talab etadigan masalalar yuzasidan mas'ullarga zarur topshiriq va vazifalar berilib, ijrosi nazoratga olinishi ta'minlandi.
Aholi muammo va takliflarini tinglash, turmush farovonligini oshirish, ertangi kunga bo'lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan bu kabi qabullar, rahbar va fuqarolar uchrashuvlari tumanda muntazam davom ettirilishi rejalashtirilgan.