Fuqarolar qabuli — xalq dardi tinglanadigan, muammolarga yechim topiladigan samimiy muloqot maydoni
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi.
Unda tuman hokimining o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, tuman aholisi va yoshlari ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasi, tibbiyot, kadastr, soliq, turli ijtimoiy, moddiy yordamlar olish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Tuman rahbari har bir murojaatni atroflicha tinglab, muammolarning qisqa fursatlarda ijobiy va qonuniy hal etish bo'yicha mas'ul tashkilot rahbarlariga topshiriq va vazifalar berdi.