insurez
06-10-2025 12:52

Fuqarolar qabuli: muammolarga amaliy yechim


Bugun Nurobod tuman hokimi M.Buranovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va idoralar rahbarlari hamda o‘z murojaatlari bilan fuqarolar ishtirok etishdi.

Mazkur qabul aholining dardini tinglash, muammolarini joyida o‘rganish va har bir murojaatga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etildi.

Fuqarolar tomonidan elektr energiyasi ta’minoti, tibbiyot xizmatlari sifati, kadastr hujjatlari, soliq va yer masalalari, kredit ajratish, ijtimoiy yordam va boshqa masalalarda bildirilgan murojaatlar tinglandi.

Tuman rahbari tomonidan har bir murojaat bo'yicha mas'ullarga topshiriq va ko'rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Teglar
- -