Ekologiya – bugungi kun dolzarb masalalasi
Poytaxtimiz Toshkent shahrida 2025 yil noyabr oyida havo ifloslanishi va quruq havo tufayli (quroqchilik, isitish tizimlari, avtomobil-transport va sanoat chiqindilari sabab) havo sifatining keskin yomonlashgani qayd etildi.
Zararli mayda zarrachalar darajasi PM 2.5 tashkil etdi.
Respublikamizning ko‘pgina hududlarda suv tanqisligi va suvning ifloslanishi sababli namlik yetishmasligi, suv resurslarining cheklanganligi va suv oqimlarining keskin kamayishi kuzatilmoqda. Bu, ayniqsa agro-sektorda, ya’ni qishloq xo‘jaligi sohasi sug‘orish ishlarida sezilarli darajada kuzatildi.
Havoning keskin isib ketishi va qurg‘oqchilik sababli yurtimizda o‘tgan o‘n yilliklarda iqlim o‘zgarishi kuzatilmoqda, o‘rtacha temperaturaning oshib borishi, qish va yoz faslida ekstremal issiqlik, qurg‘oqchilik kabi tabiiy hodisalar ko‘paymoqda. Bu muammolar albatta tabiatga, aholining sog‘ligiga va iqtisodiy rivojlanishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda ekologiya — muhim strategiyalik yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Yaqin yillarda havo sifatini yaxshilash, suv resurslarini tejash, tuproqni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga moslashish uchun katta strategik choralar ko‘rilmoqda. Ushbu jarayon muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va ijobiy natija berishi uchun — jamoatchilik, hukumat va fuqarolar doimiy birlashib, tabiatni saqlashga ijobiy hissa qo‘shish lozim bo‘ladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Nurobod tuman sudi raisi
S.U.Kuliyev




