"Dolzarb 90 kunlik" doirasida navbatdagi tadbir – yoshlar va ta'limga e'tibor
Bugun Nurobod tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi. Unda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, pedagoglar malakasini oshirish hamda maktab infratuzilmasini yanada yaxshilash kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir doirasida turli yo‘nalishlarda mahorat darslari, sport musobaqalari, ijodiy ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning qiziqishlariga mos to‘garaklar faoliyati kengaytirilib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mazkur tashabbuslar orqali tuman yoshlari uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda hamda ularning har tomonlama barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlari uchun keng imkoniyatlar taqdim etilmoqda.