insurez
23-01-2025 18:21

Chorvador mahallasi fuqarolarining murojaatlari tinglandi


Bugun Nurobod tumani Chorvador mahallasida tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari M.Erkinov va “Hududiy elektr tarmoqlari” Nurobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig'i Zafar Boboyorov ishtirokida fuqarolar muammolarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda 10 ga yaqin fuqarolar elektr energiyasi ta'minotiga oid masalalar yuzasidan ishtirok etishdi.

Fuqarolarning elektr energiyasi to‘lovi, tarmoqlarni ta'mirlash va boshqa masalalar yuzasidan qilgan murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, muammolariga ijobiy yechimlar topildi.

Teglar
- -