Buloqboshi mahallasida zamonaviy sport majmuasi foydalanishga topshirildi
Yurtimizda aholining sportga bo'lgan qiziqishini oshirish, ular o'rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, bugun Nurobod tumanining olis Buloqboshi mahallasida yangi universal sport majmuasi foydalanishga topshirildi.
Majmuaning ochilish marosimida tuman hokimi M.Buranov, viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i S.Zayniyevlar ishtirok etib, hudud yoshlari va mahalla aholisini ushbu majmua ochilishi bilan samimiy qutladi.
Tashabbusli byudjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan ushbu sport majmuasi tarkibida 2 ta mini-futbol maydoni, voleybol va basketbol zallari, workout maydoni va boshqa turli sport turlari uchun mo‘ljallangan mashg‘ulot maydonlari mavjud.
36184-son harbiy qism a'zolarining qo'l jangi va saf chiqishlari, harbiy-orkestr jamoasining Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlari tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdi.
Mazkur sport majmuasi mahalla yoshlarining bo'sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yoshlar va keng jamoatchilik o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini ta'minlash va iqtidorli sportchi yoshlarni kamol toptirishga xizmat qiladi.