insurez
10-05-2025 11:07

Buloqboshi mahallasida yangi oilaviy poliklinika ish boshladi


Bugun Nurobod tumanining olis hududlaridan biri hisoblangan Buloqboshi mahallasida zamonaviy Sepki oilaviy poliklinikasi foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida Nurobod tumani hokimi M.Buranov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyevlar ishtirok etib, mahalla aholisi va tibbiyot xodimlarini ushbu muassasa ochilishi bilan samimiy tabriklashdi. 

Tashabbusli byudjet mablag'lari asosida qurilgan ushbu yangi poliklinika aholining salomatligini saqlash va kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Hududda yashil iqtisodiyot, yashil energiyani rivojlantirish maqsadida mazkur poliklinikada quyosh kollektorlari o‘rnatilgan bo‘lib, bu esa muassasaning energiya samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

80 qatnovli yangi poliklinika zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, ushbu muassasa Buloqboshi mahalasi va unga tutash hududlardagi 10 000 ga yaqin aholiga sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish, zarur muolajalar olish imkonini beradi.

Teglar
- -