insurez
01-05-2025 17:32

Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov "og'ir" toifadagi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov "og'ir" toifadagi yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Unda yoshlarning muammolari, ularni ijtimoiy hayotga jalb etish, bandligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish masalalari muhokama qilindi.​

Uchrashuv davomida yoshlar o'zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tuman rahbariga murojaatlarini yo'llab, ijobiy yechimi yuzasidan tegishli tashkilot mas'ullariga topshiriq va vazifalar berildi.

Shuningdek, uchrashuvda yoshlarni ish bilan ta'minlash, kasb-hunarga o'qitish, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va sog‘lom turmush tarzini targ'ib qilish bo'yicha takliflar bildirildi.​

Tuman rahbari yoshlarni puxta bilim olishga, jamiyatda munosib o'rin egallashga chaqirdi va bu yo'lda hokimlik tomonidan kerakli amaliy yordamlar ko'rsatilishini ta’kidladi.​

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan samarali muloqot o'rnatish, ularning muammolarini hal etish va ijtimoiy hayotga faol jalb etish yo'lida muhim qadam bo'ldi.

Teglar
- -