Boshquduqliklarning murojaati ijobiy yechim topdi
Nurobod tumanida aholi murojaat va takliflarini tinglash, muammolariga yechim topish, ularning farovon turmush kechirishlarini ta'minlash maqsadida sektor rahbarlarining sayyor qabullari, rahbar va fuqarolar uchrashuvlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Bugun ana shunday sayyor qabullarda yo'llangan murojaatlardan biri o'z ijobiy yechimini topdi.
Nurobod tumani prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdihakimovning Boshquduq mahallasida o'tkazilgan qabuli davomida mahalla fuqarolaridan ichki yo'llarni ta'mirlash, shag'allashtirish yuzasidan murojaat yo'llangan edi.
Bugun ushbu murojaat ijrosi doirasida mahalla hududidagi 1 km ga yaqin tuproq yo‘llar tosh-shag‘al qoplamali yo‘llarga aylantirilmoqda.
Sektor rahbari bu borada olib borilayotgan ishlar bilan shaxsan tanishib, ishlarning yanada sifatli va puxta tashkil etilishi yuzasidan ma'sullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.