insurez
23-01-2025 15:42

Bilimlar zakovatda sinaldi


Nurobod tumanida yoshlarni vatanparvarlik, yuksak ma'naviyat ruhida tarbiyalash, ularda aqliy tafakkurni yanada rivojlantirish maqsadlarida turli intellektual o'yinlar, musobaqalar tashkil etib kelinmoqda.

Ayni shu ezgu maqsadlarni ko'zlagan holda bugun Po'latchi mahallasi yoshlari o'rtasida "Zakovat" intelektual o'yini musobaqalari o'tkazildi.

Qizg'in va hayajonli ruhda o'tgan musobaqa yakunida hududdagi eng zukko va bilimdon yoshlardan iborat jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Teglar
- -