Asosiy maqsad — yoshlar bandligi, yangi ish o'rinlari, ijtimoiy himoya, jinoyatchilikka qarshi kurashish, dabdabali to‘y va tantanalarni tartibga solish
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov rahbarligida tumanning olis hududlari — Jom va Girdiqo'rg'on mahallalari aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda aholini qiynab kelayotgan bir qator dolzarb masalalar — ta'lim, ichimlik suvi, yo‘l, qurilish, elektr energiyasi, gaz hamda ijtimoiy yordam masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar bandligini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilandi.
Tuman rahbari dabdabali to‘ylar va ortiqcha tantanalardan ko‘ra, farzandlarning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviy kamoloti va sog‘lom o‘sishiga e’tibor qaratish eng muhim vazifa ekanligini alohida ta’kidladi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.