Asliddinova Malika — Markaziy Osiyo U‑16 chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi!
Joriy yilning 7-iyul kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tkazilgan U-16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqada Nurobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi va 2-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Asliddinova Malika o‘zining munosib o‘yini bilan ajralib turdi va hakamlar tomonidan turnirning “Eng yaxshi o‘yinchisi” deb e’tirof etildi.
Asliddinova Malikaning bu muvaffaqiyati uning sportdagi zafarli yo‘lining boshlanishi xolos. U oldinda yanada yuksak marralarni zabt etib, xalqaro arenalarda ham yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishiga ishonchimiz komil.
Malikaga va barcha yosh sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham omad tilaymiz!