Aholi murojaat va takliflari tinglandi
Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar va tadbirkorlar qabuli bo'lib o'tdi.
Unda Xalq qabulxonasi, tuman hokimining o'rinbosarlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichki yo'llar ta'miri, kadastr, kreditlar, subsidiya, bandlikni ta'minlash, soliq, tibbiyot va boshqa turli masalalar yuzasidan 40 ga yaqin murojaatlar yo'llandi.
Murojaatlarning qisqa fursatlarda ijobiy hal etilishi yuzasidan mas’ullarga kerakli tavsiya va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.