insurez
07-07-2025 12:37

Aholi bilan muloqot — muammolarga yechim


Nurobod tumanida har kuni erta tongdan aholining muammolariga yechim topish, ularning murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida fuqarolar bilan uchrashuvlar muntazam o‘tkazilmoqda.

Bugun ham Nurobod tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi M.Buranov rahbarligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, ichki yo‘llar, kadastr, bandlik, tibbiyot, maktabgacha va maktab ta’limi, qurilish, moddiy yordam va boshqa masalalarga oid 50 dan ortiq murojaatlar bildirildi. Har bir murojaatning yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida tumanning Arabota, O‘rtabo‘z va Ittifoq mahallalaridagi “yettilik” faoliyati ham atroflicha muhokama qilindi.

Mahallalardagi obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy va qurilish sohalaridagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish uchun mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Teglar
- -