insurez
23-01-2025 10:51

Aholi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda


Nurobod tumanida aholi salomatligi, turmush darajasini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Bunda alohida e’tibor xotin - qizlar, qariyalar va bolalarga qaratilmoqda.  
Xususan, bugun Nurobod tumanining Nurbuloq va Po‘latchi mahallarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rik davomida aholi laboratoriya tahlillarini topshirish, tor mutaxassislar ko‘rigidan o‘tish, zarur dori - darmonlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ularga sog‘lom turmush tarzining mohiyati, foydasi tushuntirildi.

Tibbiy ko‘riklar rejali tarzda boshqa mahallalarda ham bo‘lib o‘tmoqda.

Teglar
- -