2-sektor rahbari va mas'ullar ishtirokida muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdihakimov, hokim yordamchilari va sektor a'zolari ishtirokida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.
Yig'ilishda mas'ullar tomonidan aholi turmush darajasini oshirish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash, hududda jinoyatchilik holatlari sodir etilishining oldini olish va fuqarolar farovonligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar batafsil tahlil etildi.
Yakunda sektorni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, hududlar obodligi va aholi roziligini ta'minlash yo'lida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.